Qarzdor jismoniy shaxs qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻz qarzlari boʻyicha oʻzgartishlar kiritish haqidagi takliflarni moliyaviy boshqaruvchiga yuborishga haqli. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi taklif moliyaviy boshqaruvchi tomonidan olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida mazkur reja unga kiritilgan oʻzgartishlar bilan birga kreditorlarga va tegishli vakolatli organga yuborilishi kerak. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan oʻzgartishlarni maʼqullash haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishi mazkur reja unga kiritilgan oʻzgartishlar bilan birga kreditorlarga va tegishli vakolatli organga yuborilgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida moliyaviy boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan oʻzgartishlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra kreditorlar yigʻilishi ushbu oʻzgartishlarni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan oʻzgartishlar kreditorlar yigʻilishi tomonidan ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlar ovozlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan maʼqullanishi kerak. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan oʻzgartishlar sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan oʻzgartishlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra sud quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi: oʻzgartishlar kreditorlar yigʻilishi tomonidan maʼqullangan taqdirda, mazkur rejaga kiritilgan oʻzgartishlarni tasdiqlash haqida; rejaga kiritilgan oʻzgartishlarni tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida. Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi