Kreditorlarning joriy toʻlovlarga doir talablari jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan talablarga nisbatan ustunlikka ega boʻladi va bu talablar navbatdan tashqari qanoatlantiriladi. Kreditorlarning joriy toʻlovlarga doir talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: birinchi navbatda — alimentlar toʻlash, jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishga oid sud xarajatlari, moliyaviy boshqaruvchiga, jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni taʼminlash uchun moliyaviy boshqaruvchi tomonidan jalb etilgan shaxslarga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan joriy toʻlovlar; ikkinchi navbatda — mehnatga oid munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan joriy toʻlovlar; uchinchi navbatda — kommunal toʻlovlar, shuningdek koʻp kvartirali uylarni boshqarish boʻyicha uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga toʻlanadigan majburiy toʻlovlar; toʻrtinchi navbatda — boshqa joriy toʻlovlarga doir talablar qanoatlantiriladi. Kreditorlarning joriy toʻlovlarga doir bitta navbatga taalluqli boʻlgan talablari kalendar navbat tartibida qanoatlantiriladi. Kreditorlar talablarining reyestriga kiritilgan talablar quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: birinchi navbatda — fuqarolarning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik boʻyicha talablar, shuningdek alimentlar undirishga doir talablar; ikkinchi navbatda — mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunning 150 va 154-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Garov narsasini sotishdan tushgan pul mablagʻlari kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltiriladi. Garovga qoʻyilgan mulk sotilganidan keyin kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablari toʻliq qanoatlantirilganidan soʻng qolgan qismi tugatish massasiga kiritiladi. Garo