Qarzdor jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza moliyaviy boshqaruvchi tomonidan ushbu Qonunning 63 , 64 va (yoki) 65-moddalariga asosan sudga oʻz tashabbusiga koʻra yoxud kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga binoan, shuningdek kreditor yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilishi mumkin. Qarzdor jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi arizani berish huquqi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomili joriy etilgan sanadan eʼtiboran ushbu Qonunning 63 , 64 va (yoki) 65-moddalariga asosan yuzaga keladi. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha er-xotinning umumiy mol-mulkiga nisbatan qarzdor jismoniy shaxsning eri (xotini) tomonidan tuzilgan bitimlarning haqiqiy emasligi haqidagi ariza oila toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga koʻra beriladi.