Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarida pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar yuzasidan majburiyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi; sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan oʻtishi tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi; sud boshqaruvchilarining faoliyati toʻgʻrisidagi tartibni tasdiqlaydi; sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi; mol-mulkni realizatsiya qilish tartibini belgilaydi; vakolatli davlat organi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.