Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasi ushbu Qonunning 41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak. Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar koʻrilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.