Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 46-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish

Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish toʻgʻrisidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi. Sudya qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani oʻz ish yurituviga qabul qiladi. Sudya qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan, kuzatuv tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Sudning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan yerdagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasini oʻz vakolatxonalari va filiallari joylashgan yerdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga yuklatiladi. Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan boʻlsa, sudya qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qabul qilishni rad etadi. Agar qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, sudya arizani qaytaradi. Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy boʻlgan va arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhoka