Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 56-modda. Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilish oqibatlari

Sud tomonidan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilinishi qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi oqibati boʻlgan barcha cheklovlarning amal qilishi tugatilishi uchun asos boʻladi.