Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 62-modda. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritishning oʻziga xos xususiyatlari

Agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlsa, sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor qiladi. Vakolatli davlat organi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida sudga sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi oʻz munosabatini maʼlum qiladi. Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlgan taqdirda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatiladi. Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlmagan taqdirda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.