Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni oʻzaro hal etish orqali tugatishga, bundan ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, faqat quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar: qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari boʻyicha talablari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni boshlashdan oldin yuzaga kelgan boʻlsa; qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish boshlanguniga qadar tuzilgan bitimlar natijasida vujudga kelgan va ushbu majburiyatlarni talab qilish davri toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan boʻlsa yoki talablarning vujudga kelish sanasi va muddati koʻrsatilmagan boʻlsa. Ushbu Qonun 150 va 185-moddalarining qoidalari oʻzaro talablarni koʻrib chiqishda inobatga olinmaydi. Taraflardan biri majburiyatlarni tugatish toʻgʻrisida maʼlum qilsa, taraflarning qarama-qarshi talablari bir-biriga mos kelgan kundan eʼtiboran kuchga kirgan, yaʼni majburiyatni bajarish muddati oʻtgan paytdan eʼtiboran majburiyatlar, toʻlash uchun ariza tushgan-tushmaganligidan yoki qabul qilingan-qilinmaganligidan qatʼi nazar, tugatilgan deb hisoblanadi. Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni oʻzaro hal etish orqali tugatishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar: qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgandan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari boʻyicha talablari (yoki qarzdorga nisbatan shunday talablar), agar bu kreditorlarning huquqlari buzilishiga olib kelsa; qarzdorning (yoki qarzdorga) pul majburiyatlari boʻyicha talablari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilguniga qadar insofsizlik bilan olingan boʻlsa. Agar talab qilish huquqini oluvchi shaxs qarzdorda toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganligini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan holda ushbu talab qilish huquqi olingan boʻlsa, u insofsizlik bilan olingan deb taxmin qilinadi. Aks holda faktni