Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 89-modda. Kreditorlarning birinchi yigʻilishida koʻriladigan masalalar

Kreditorlarning birinchi yigʻilishida quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinadi: sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisida; qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida; kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarining soni va ularni saylash toʻgʻrisida; sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini maʼqullash toʻgʻrisida; ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha.