Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 90-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori

Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni toʻlashning maʼqullangan jadvali boʻlishi kerak. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi yigʻilishi muvaqqat boshqaruvchini oʻz vazifalarini bajarishdan ozod qilish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi etib tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi mumkin.