Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 91-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori

Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tashqi boshqaruv tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak. Kreditorlar birinchi yigʻilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tugatishga doir ish yuritishning taklif qilinayotgan muddati va tugatish boshqaruvchiligiga nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.