Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 98-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari

Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi quyidagilarga haqli: qarzdorning rahbaridan qarzdorning joriy faoliyati, sud sanatsiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qarzni toʻlash jadvalining bajarilishi jarayoni haqida axborot talab qilishga; qarzdorning rahbaridan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablagʻlari oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini talab qilishga; qarzdor mol-mulk inventarizatsiyasini oʻtkazgan taqdirda unda ishtirok etishga; kreditorlarning joriy talablari qarzdor tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga; ushbu Qonun 96-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olishga hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim etishga; ushbu Qonunning 63 , 64 va 65-moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza berishga; qarzdorning kreditorlar talablarini tan olishga yoki bunday talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlashga doir harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini koʻrib chiqish borasidagi harakatsizligi ustidan ushbu Qonunning 60 va 87-moddalarida belgilangan hollarda hamda tartibda sudga shikoyat berishga; ushbu Qonun 96-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning rahbarini oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga; qarzdor rahbaridan, taʼsischilaridan (ishtirokchilaridan) va (yoki) davlat organlaridan qarzdorga taalluqli boʻlgan axborotni va hujjatlarni soʻrab olishga; oʻz vakolatlarini amalga oshirishni taʼminlash uchun davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga; qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga oʻtkazish,