Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 99-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari

Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi: kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi; ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning yigʻilishini chaqirishi; qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud sanatsiyasi rejasi va qarzni toʻlash jadvali bajarilishi jarayoni toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqishi hamda kreditorlarning yigʻilishiga tegishli xulosalarni taqdim etishi; kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati haqidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi; sud sanatsiyasi rejasi amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida kreditorlar yigʻilishiga va (yoki) kreditorlar qoʻmitasiga, shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.