Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 20-2-modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya, hududiy tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar (xulosalar)

Rahbariyat kengashi quyidagi qarorlarni qabul qiladi: harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qoʻshin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik toʻgʻrisida; muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqida. Harbiy-tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi: harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida; ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida; harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik toʻgʻrisida; harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida; tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Butlash komissiyasi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni qoʻshin turlariga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Hududiy komissiya quyidagi qarorlarni qabul qiladi: harbiy xizmatga yaroqlilik va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish toʻgʻrisida; harbiy xizmatga yaroqlilik va muqobil xizmatga chaqirish haqida; sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik toʻgʻrisida; ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish toʻgʻrisida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida; yigirma yetti yoshga toʻlganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazish toʻgʻrisida; sogʻligʻining holatiga koʻra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga oʻtkazish haqida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish xulosasi, ularning maʼnaviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini oʻrganish natijalariga asoslanadi. Hududiy tibbiy komis