Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat boʻladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) safini toʻldirishni va ularning rezervini tayyorlashni taʼminlash maqsadida joriy etiladi. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmat oʻtashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz boʻlgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi. Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan: harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar; haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar; Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar; turli sabablarga koʻra harbiy roʻyxatga olinmagan yoki harbiy roʻyxatdan chiqarilgan, shu jumladan isteʼfodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur boʻlmagan shaxslar deb ataladi. Haqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir. Umumiy harbiy majburiyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt boʻyicha) kirgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi oldida quyidagi mazmunda Vatanga qasamyod qabul qiladilar: “Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli boʻlmish muqaddas bayroqni oʻpib, buyuk ajdodlarimning pok ruhlari oldida, vatanim oldidagi burchimni halo