Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 34-modda. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish

Oʻquv-mashq harbiy yigʻinlarida qatnashgan va taʼlim dasturi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar rezervdagi podpolkovniklikka qadar boʻlgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.