Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi beriladi: a) unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda koʻrilayotgan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar; b) qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan boʻlsa; v) harbiy xizmatchini keyingi saralash tadbirlariga taqdim etish maqsadga muvofiq emasligi haqida harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa; g) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.