Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 48-2-modda. Toʻliq moddiy javobgarlik

Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar oʻz aybi bilan harbiy mol-mulkni talon-toroj qilgan, kamomadga yoʻl qoʻygan, behuda sarflagan, yoʻqotgan, qasddan yoʻq qilgan, shikastlagan, ishdan chiqargan, qonunga xilof ravishda sarflagan hollarda yetkazilgan zarar uchun yoki qasddan sodir etilgan boshqa xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zarar uchun, ularda jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari borligidan qatʼi nazar, moddiy javobgar boʻladi. Valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa maishiy-roʻzgʻor buyumlarining va bunday buyumlar parchalarining talon-toroj qilinishida, kamomadida hamda normativlardagidan ortiq yoʻqotishlarida aybdor boʻlgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgar boʻladi. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar oʻz aybi bilan vagonlarning, avtomobillarning va boshqa transport vositalarining bekor turib qolishi tufayli yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng miqdorda moddiy javobgar boʻladi. Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar oʻz aybi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazgan taqdirda, agar zararning oʻrni qonunchilikka muvofiq Qurolli Kuchlar tomonidan qoplangan boʻlsa, Qurolli Kuchlar tomonidan qilingan xarajatlarning oʻrnini davlatga qoplashi shart. Xizmatchilarni (ishchilarni) qonunga xilof ravishda ishdan boʻshatishda yoki boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan komandirlar (