Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 48-3-modda. Cheklangan moddiy javobgarlik

Quyidagi hollarda komandirlar (boshliqlar) yetkazilgan zarar miqdorida, biroq bir oylik pul taʼminoti maoshidan ortiq boʻlmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladi: harbiy mol-mulkni hisobga olishning, saqlashning, undan foydalanishning, uni sarflash va tashishning belgilangan tartibini buzadigan farmoyish berganda; harbiy mol-mulkning talon-toroj qilinishi, kamomadi, yoʻq qilinishi, shikastlanishining va buzilishining oldini olishga doir zarur choralar koʻrmaganlik zarar yetkazilishiga sabab boʻlganda; aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrmaganda.