Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni oʻtamagan ofitserlarning qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir. Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida oʻn ikki oy etib belgilanadi. Muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.