Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning harbiy xizmatga chaqirilishi hamda chaqirilganlarning harbiy qismlarga joʻnatilishini amalga oshirish uchun mudofaa ishlari organlarini uskunalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yigʻin) punktlari, dori vositalari, tibbiyot va xoʻjalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan taʼminlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini taʼminlashlari shart. Urush davrida oʻtkaziladigan safarbarlik rejalari toʻliq va sifatli bajarilishi uchun vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaroriga binoan tinchlik davrida mudofaa ishlari organlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish va harbiy xizmatga majburlarni hamda texnikani yigʻish uchastkalarini tashkil etadilar, ana shu uchastkalarning shaxsiy tarkibini harbiy xizmatga majburlar bilan ularni asosiy ish (xizmat) joyidagi vazifalaridan ozod etmagan holda toʻldiradilar. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari va chaqiruvni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar aʼzolarining, chaqiruv uchastkalari va yigʻin punktlarida ishlovchi vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va oʻrtacha ish haqi ular belgilangan vazifalarni bajarishining butun davrida saqlanib qoladi. Bu komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining taʼminoti xarajatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazi