Uy-joy kodeksi 1-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik

Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Agar uy-joy munosabatlari uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan boʻlsa, yerga oid qonunchilik hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonunchilikning ana shu munosabatlarni tartibga solishga taalluqli qismi qoʻllaniladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.