Uy-joy kodeksi 102-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosida turar joyga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi

Agar uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi oʻzi egallab turgan turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega boʻladi, paychining pay jamgʻarmasi qismiga huquqi boʻlgan oila aʼzolari esa, pay badalining barcha summasi toʻlangan kundan boshlab umumiy mulk huquqiga ega boʻladilar.