Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni sherik paychilar oʻrtasida boʻlishga, agar ularning har biriga alohida turar joy ajratish mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Alohida boʻlmagan turar joylarni qayta qurish yoki oʻzgartirish hisobiga alohida turar joyga aylantirish mumkin boʻlganda ham turar joylarni qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. Turar joyni boʻlish toʻgʻrisidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.