Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga boʻlgan huquqlari saqlanib qoladigan, saqlash guvohnomasini (bronni) olish istagidagi vaqtincha boʻlmagan fuqarolar tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligiga ariza beradilar. Ariza turar joyga boʻlgan huquqi oʻzi boʻlmaganida ham saqlanib qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi. Saqlash guvohnomasi (bron) berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: turar joy hujjatining (orderining) nusxasi; foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida uy-joylardan foydalanish tashkilotidan maʼlumotnoma; saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab berilgan deb hisoblanadi.