Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasining predmeti boʻlgan turar joydan foydalanish shu shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnomada turar joydan faqat turar joyni boshqa shaxsga berayotgan va uni olayotgan shaxs foydalanishi nazarda tutilishi, turar joydan foydalanish tartibi belgilab qoʻyilishi yoki belgilanmasligi yoxud turar joyni foydalanish uchun uchinchi shaxsga (uchinchi shaxslarga) berish yoki qonun yoʻl qoʻyadigan boshqacha usulda foydalanish belgilanishi mumkin.