Uy-joy kodeksi 134-modda. Koʻp kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlari

Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi. Davlat uy-joy fondining koʻp kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi. Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar toʻlash oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak, bundan suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari mustasno. Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar oldindan 100 foizlik haq toʻlash asosida amalga oshirilishi kerak. Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaxslar uchun 0,4 foiz, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi. Agar shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uyning kommunal xizmatlar buyurtmachisi boʻlsa, ularga penya miqdorlari boʻyicha ushbu moddaning beshinchi qismida jismoniy shaxslar uchun belgilangan norma qoʻllaniladi. Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar koʻrsatish majburiy toʻlovlar uch oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda toʻxtatib turiladi, bundan suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno. Dav