Yashash uchun yaroqli boʻlgan turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga koʻra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.