Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga koʻra yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi.