Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yoʻllar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega: yakka tartibda uy-joy qurish; yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; uy-joy obligatsiyalarini olish; uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish; oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash; umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish; meros olish; qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish. Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin.