Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar oʻrni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlaligicha qoplanadi.