Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolari va oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarini buzganliklari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi. Ushbu Kodeks 32-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxslar turar joyni ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb tan olinadi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara shartnomasiga kiritilishi bu yerda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi boʻlgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish mumkin emas. Oila tarkibining oʻzgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining oʻzgarishiga olib keladi. Ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar. Ijaraga oluvchining voyaga yetgan oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda turar joyda doimiy yashayotgan barcha fuqarolar ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bilan solidar javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday hollarda ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar sherik ijaraga oluvchi deb hisoblanadilar. Ijaraga oluvchining sobiq oila aʼzolari egallab turgan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular ijaraga oluvchi ega boʻlgan huquq va majburiyatlarni saqlab qoladilar. Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan f