Uy-joy kodeksi 52-modda. Vaqtincha boʻlmagan fuqarolar turar joyining saqlanishi

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi. Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi: harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida; kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida; ish sharoitlari va xususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishi munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishning butun davri mobaynida; bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda – ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramogʻida boʻladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu xona bolalarning muassasada boʻlishi muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramogʻidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom boʻlguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin; homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketilganda – ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida; davolanish uchun davolash-profilaktika muass