Uy-joy kodeksi 55-modda. Vaqtincha boʻlmagan ijaraga oluvchining hamda uning oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari

Agar turar joyni ijaraga oluvchi vaqtincha boʻlmasa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyda yashovchi oila aʼzolari oʻzlari egallab turgan barcha turar joylardan avvalgi shartlar asosida foydalanishga haqlidirlar. Bunda ular ushbu turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar. Vaqtincha boʻlmagan fuqaroning foydalanish huquqi saqlanadigan uy-joy maydoni ortiqcha uy-joy maydoni deb hisoblanmaydi.