Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida alohida ijara shartnomalariga binoan yashayotgan fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda oʻzlari egallab turgan barcha turar joy uchun ulardan birortasi bilan yagona ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidirlar. Ijaraga beruvchining yagona ijara shartnomasi tuzishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.