Uy-joy kodeksi 7-modda. Uy-joy fondi

Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat boʻlgan fond. Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yoʻnalishidagi oʻzga ehtiyojlarga moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi.