Uy-joy kodeksi 78-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish

Xizmat turar joyi ijara shartnomasi mehnat, xizmat munosabatlari tugatilishi bilan bir vaqtda bekor boʻladi. Agar mehnat, xizmat munosabatlari tiklansa, xizmat turar joyini ijaraga oluvchi xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini qayta tiklashda imtiyozli huquqni saqlab qoladi.