Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijara), arendaga berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma boʻyicha javobgar boʻlib qoladi. Turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi arenda shartnomasi amal qiladigan muddatdan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas.