Roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilot adliya organlari tomonidan elektron tizimda yuritiladigan va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan diniy tashkilotlar reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi: diniy tashkilotning nomi va uning qaysi konfessiyaga mansubligi; diniy tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili); diniy tashkilot faoliyat koʻrsatadigan hudud; tashabbuskorlar (taʼsischilar) ishtirokchilar toʻgʻrisidagi axborot (familiyasi, ismi, otasining ismi), aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar; rahbar organning nomi va pochta manzili, aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar; diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va boshqa axborot.