Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida 26-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish oqibatlari

Diniy tashkilotning faoliyati sudning qarorida belgilangan muddatga toʻxtatib turilgan taqdirda, uning xayriya fondlari muassisi sifatidagi huquqlari ham toʻxtatib turiladi, unga tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan xoʻjalik faoliyati, mehnat shartnomalari boʻyicha xarajatlar, oʻz harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash va jarimalar toʻlashga doir xarajatlar mustasno. Agar diniy tashkilot faoliyatini toʻxtatib turishning sud tomonidan belgilangan muddati davomida uning faoliyati toʻxtatilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilsa, mazkur muddat tugaganidan keyin diniy tashkilot oʻz faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin. Diniy tashkilot koʻrsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda, uning faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritgan organ mazkur diniy tashkilotni tugatish haqida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.