Diniy tashkilotga unga foydalanib turish uchun berilgan mol-mulk uning faoliyati tugatilganidan keyin avvalgi egasiga qaytariladi. Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda uning tasarrufidagi mol-mulkka egalik qilish uning ustaviga va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Kreditorlarning daʼvolari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Huquqiy vorislar mavjud boʻlmaganda mol-mulk davlat mulkiga oʻtadi.