Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi.