Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 17-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini xabardor qilish

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini ijtimoiy hamda huquqiy himoya qilish mexanizmlari, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganga koʻrsatiladigan yordam turlari va xizmatlar toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishtiradi. Zarur boʻlgan taqdirda vakolatli organlar va tashkilotlar sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik fakti munosabati bilan ariza berishda amaliy yordam koʻrsatadi. Jazoni ijro etish muassasalari tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganga unga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxs jazoni ijro etish joyidan ozod etilganligi, ozodlikdan mahrum qilish joyidan tashqariga qisqa muddatga chiqarilganligi yoki qochib ketganligi haqida zudlik bilan xabar beradi.