Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 19-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan yoki uni sodir etgan gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik taʼsir koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar muayyan shaxsning, uning ijtimoiy muhitining oʻziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, uning gʻayriijtimoiy xulq-atvori, tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyilligi, shuningdek u sodir etgan tazyiq va zoʻravonlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda qoʻllaniladi.