Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 29-modda. Zoʻravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar

Zoʻravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zoʻravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsning zoʻravonlikka moyil xulq-atvorini oʻzgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtadi. Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.