Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Ichki ishlar organlari: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻradi, xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqadi; tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi; himoya orderini beradi; zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.