Xususiy mulk boʻlgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi. Mulkdor xususiy mulk boʻlgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.