Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 4-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirish

Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra hamda oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U oʻz mol-mulkidan xoʻjalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak. Barcha mulkdorlarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar taʼminlanadi. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi.