Yer kodeksi 12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni

Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xoʻjalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi. Yer tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining topshirigʻiga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yer tuzish istiqbolga moʻljallangan, loyihalash oldidan, xoʻjaliklararo hamda ichki xoʻjalik yer tuzish turlariga boʻlinadi. Istiqbolga moʻljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi: 1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish; 2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish; 3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish; 4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash. Xoʻjaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi: 1) joyning oʻzida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash; 2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish; 3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish; 4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladigan yerlarni ajratib